AQSH politsiyasi aralash jang san’atlari (MMA) jangchisi Imani Smitni yomon xatti-harakatlarda ayblab hibsga oldi.
Kun.uz xabariga ko‘ra, Virjiniya politsiyasi deyarli bir oy davomida o‘tkinchi shaxslarga shilqimlik qilib, axloqsiz ishlarni sodir etgan jinoyatchini izlash bilan shug‘ullangan. Huquqni muhofaza qilish organlari 10ta shunday holatni qayd etishgan. Ta’kidlanishicha, jinoyatchi mashinada o‘tirib yonidan o‘tib ketayotgan ayollarga savol bergan, so‘ng axloqsiz xatti-harakatni amalga oshirgan.
Savdo markazlaridan birining yonida shunday ish bilan shug‘ullangan shaxs Smit bo‘lib chiqdi. Sportchining o‘zi bu ayblovlarni rad etib, jinoyatlar yuz bergan paytda shahardan tashqarida bo‘lganini iddao etmoqda. Hozirda jangchi garov evaziga ozodlikka qo‘yib yuborilgan.
AQSH qonunchiligiga ko‘ra, Smit yirik miqdorda jarimaga tortilishi va 12 oyga qamalishi mumkin. Ushbu ish bo‘yicha eshituvlar 15 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi