Malayziyadagi kuchli suv toshqinlari sabab 100 ming kishi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi

Malayziyada kuzatilayotgan kuchli suv toshqinlari sabab, mamlakat shimolidagi to‘rt shtatning 100 mingdan ortiq aholisi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Suv sathining juda ko‘tarilib ketgani va noqulay ob-havo sharoiti jabrlanuvchilarni va oziq-ovqat mahsulotlarini vertolyotda olib-ketish ishlarini qiyinlashtirib yubordi”, – deyiladi Malayziya bosh vaziri Najib Razzoqning bayonotida.
Umumiy hisobda Paxang, Perak, Kelantan va Trenganu shtatlarida istiqomat qiluvchi 103 ming 412 nafra fuqaro xavfsiz hududlarga evakuasiya qilingan. Ko‘chirilganlar 100ta vaqtinchalik yashash markazlariga etkazilgan.
“Interfaks”ning qayd etishicha, bu kabi yirik suv toshqinlari Malayziyada so‘nggi o‘n yildan beri kuzatilmagan edi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing