
Maks laqabli mana bu nemis ovcharkasi berkinmachoq o‘ynashni umuman bilmaydi. It avvaliga adyol ostidan chiqishni eplolmay garang bo‘ladi, so‘ng sarosimada u xonadan bu xonaga o‘tib, egasini izlaydi. Maksga hatto itlarga xos o‘tkir hid bilish hissi ham yordam bera olmaydi — oxiri egasida itga o‘zi taslim bo‘lishidan o‘zga chora qolmaydi.
Gangib qolgan Maks ishtirokidagi bu video bir vaqtning o‘zida ikki fleshmobning: “What The Fluff Challenge” (odamlar jonivorlarga turli fokuslar ko‘rsatishadi) va “Hide and Seek Challenge” (odamlar o‘z jonivorlaridan yashirinib olishadi) bir qismiga aylandi, deb yozadi Meduza.
P.S. Maks o‘z kosasini hovli bo‘ylab qanday quvlab yurganini ham albatta tomosha qiling!
Manba: Daryo.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar