20:10 / 24.07.2018
4 037

Hayotiy voqea: "Qabul qilinmagan mehmon" yoxud ota faryodi...

Ҳаётий воқеа: "Қабул қилинмаган меҳмон" ёхуд ота фарёди...
Amerika-Vetnam urushi nihoyasiga yetayozib qolgan kezlarda bir askar uyiga qo‘ng‘iroq qildi. Necha oylardir farzandidan xabar kutgan ota o‘g‘lining ovozini eshitib juda ham sevinadi. Ota-o‘g‘il ancha vaqt gaplashdi. Uzoq vaqt hasratlashganlaridan keyin o‘g‘li otasiga bir iltimosi borligini aytdi. Urushda birga bo‘lgan va og‘ir yarador safdoshining bir muddat uyida mehmon qilish istagi borligini aytib otasidan izn so‘radi.

Otasi: “Albatta, mehmon qilamiz”, dedi va shu gapining ortidan nima dardi borligini so‘radi. O‘g‘li quroldoshining bir jangda og‘ir jarohat olib, bir oyog‘i va bir qo‘lidan ayrilganini aytdi. Buni eshitgan ota darhol burnini jiyirib, kundalik turmush tarzini o‘sha nogironning vaziyatiga qarab shakllantira olmasligini aytdi. O‘g‘li do‘stining kimsasizligi bois boradigan boshqa joyi yo‘qligini, o‘ziga munosib bir ish topguncha uyida yashab turishini so‘rab otasiga yolvordi.

Otasi uning tushuntirishlariga qaramasdan uni uzoq vaqt mehmon qila olmasliklarini o‘g‘liga anglatishga urindi. Yigitning jahli chiqib telefonni o‘chirib qo‘ydi va otasiga boshqa qo‘ng‘iroq qilmadi. Oilasi askarni va o‘rtog‘ini hamma joydan qidirdi, ammo ularning izini ham topa olmadi. Ota bir kuni yangi gazetalarni sahifalab o‘tirar ekan, mudhish bir xabarga ko‘zi tushib qoldi. Urushdan keyingi depressiyaga chiday olmagan o‘g‘li uylarining shundoqqina biqinida joniga qasd qilgan ekan.

...Mayitni olish uchun borgan ota – o‘g‘lining bir qo‘li va bir oyog‘i yo‘qligini ko‘rdi...

Manba: O‘MI Matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hayotiy voqea: "Qabul qilinmagan mehmon" yoxud ota faryodi...