2018 yilning 2-choragida AQShning yalpi ichki mahsuloti 4,1 foizni tashkil qildi. Bu haqda AQSh savdo vazirligi ma’lumotlariga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, bu 2014 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Tahlilchilarning fikricha, bunday ko‘rsatkichga o‘tgan yilgi soliq islohoti va bozor savdo urushi keskinlashishiga tayyorlangani evaziga erishilgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu ma’lumotlar e’lon qilingandan keyin mamlakat “tarixiy yuksalishni” boshdan kechirayotganini aytgan. Tramp ushbu muvaffaqiyatlar evaziga iqtisodiy o‘sishni 4 foizgacha oshirish va’dasida tura olgan. Avvalgi prezident Barak Obama o‘z prezidentligining oxirgi yillari bunga erisha olmagan.
Iqtisodchilar bunday natijaga sabab bo‘lgan ikki bosh omilni sanab o‘tishgan. Bu soliqlar kamayishi sababli oshgan iste’molchilik talabi va xalqaro bojlar qat’iylashtirilishigacha ko‘proq mahsulotlar sotib qolishga shoshayotgan eksportchilarning faollashuvidir.
Tahlilchilarning fikricha, bunday ijobiy ko‘rsatkichlarni vaqtinchalik omillar sababli yuzaga kelgan bir martalik muvaffaqiyat deb qabul qilish kerak. Yilning qolgan ikki choragida iqtisodiyotning 3 foizgacha kamayishi kutilmoqda.
Iqtisodiy pasayishga Federal zaxira tizimi tayanch stavkasi oshirilishi yana bir omil bo‘ladi. U bozordagi stavkalarning umumiy darajasiga ta’sir qilib, aholi va korxonalar uchun kreditlarni qimmatroq qiladi. Ayni vaqtda ushbu stavka 1,75-2 foiz darajasida saqlanib turibdi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”