21:15 / 29.07.2018
3 394

Gretsiyadagi orolda eshaklarni sayyohlardan himoyalashga qaror qilishdi

Gretsiyadagi orolda eshaklarni sayyohlardan himoyalashga qaror qilishdi
Gretsiyaning Santorini orolida eshaklarni turistlarning qiynashlaridan himoyalashga qaror qilishdi. Eshaklarning kun davomida ishlash vaqtiga cheklov o‘rnatildi hamda ularning mehnat sharoitlari yaxshilandi, deb yozadi Kun nashri.

Turistlar orasida ommabop bo‘lgan bu orolga kruiz laynerlari tez-tez to‘xtab o‘tadi va ulardagi yo‘lovchilar oroldagi tepaliklarga ko‘tarilish uchun eshaklarni ijaraga olishadi.

Afinadan Santoriniga kelib, jonivorlarni muhofaza qilish xayriya tashkilotiga asos solgan Kristina Kaloudining aytib berishicha, keyingi 10 yil ichida Britaniya, AQSh va Rossiyadan keluvchi og‘ir vaznli sayyohlar soni ikki barobar oshgan.

«Eshaklardan yil bo‘yi foydalanishadi. Ular og‘ir sharoitda mehnat qiladi, ularga yetarlicha suv berishmaydi, usti yopiq joyga qo‘yishmaydi va dam olishiga ham imkon berishmaydi. Ular charchoqdan zo‘rg‘a nafas oladi», - dedi Kristina Kaloudi Metro gazetasiga bergan intervyusida.

Jonivorlarni himoya qiluvchilarning sa’y-harakatlari bilan eshaklar egalariga jonivorlarni belgilangan vaqtdan ortiq ijaraga bermaslik, ularni soya-salqin joyda saqlash va yetarlicha yem-xashak berish majburiyati yuklandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gretsiyadagi orolda eshaklarni sayyohlardan himoyalashga qaror qilishdi