date
views 2 899

Turkiya maxsus xizmatlari Mo‘g‘ulistondan muxolifatchini o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi

Turkiya maxsus xizmatlari Mo‘g‘ulistondan muxolifatchini o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi
Foto: «Korrespondent.net»
Turkiya maxsus xizmatlari Mo‘g‘ulistondan qo‘nim topgan turkiyalik muxolifatchi o‘qituvchini olib chiqishga urindi, ammo Mo‘g‘uliston rasmiylari bunga to‘sqinlik qildi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Aytilishicha, Vaysal Oqchoy diniy rahnamo Fathulloh Gulen bilan bog‘liq xalqaro maktablar tarmog‘ini boshqaradi.

Aytilishicha, o‘qituvchi Ulan-Batordagi uyidan o‘g‘irlab ketilgan.Turkiya harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyot Ulan-Bator aeroportiga qo‘ngani ma’lum bo‘lganidan so‘ng Oqchoyning qarindoshlari aeroport oldida to‘plana boshlagan. Bundan xabar topgan Mo‘g‘uliston ichki ishlar vazirligi samolyotning ketishiga yo‘l qo‘ymagan hamda o‘qituvchini mamlakatda olib qolgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya maxsus xizmatlari Mo‘g‘ulistondan muxolifatchini o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi