Gruziyadan oltinga to‘la xazina topildi

Gruziyadan oltinga to‘la xazina topildi
Gruziyadagi antik shahar qal’a Samshvildga (Kvemo-Kartli hududi) ekspeditsiya uyushtirgan arxeologlar uch gruzin shohiga tegishli bo‘lgan noyob tangalarni topishdi, deya xabar berdi “Hordiq” nashri.

Tadqiqotchilar qirollar Georgiy III (1156-1184), Georgiy IV Lashi (1191-1223) va qirolicha Tamar (1166-1213 ) davrida zarb etilgan tangalarni aniqladilar.

Mutaxassislar Tamarning nomi bilan zarb etilgan tangalarga bitilgan “Qirolicha – buyuk, mamlakatning go‘zali va iymoni” so‘zlaridan hayratga tushishdi.

Arxeologlarning fikriga ko‘ra, bu topilma Samshvild shahrida tangalar qal’asi bo‘lganligini ko‘rsatar ekan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar