Foto: «National Interest»
Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi katta ilmiy xodimi Layza Sempning aytishicha, Rossiya armiyasi Amerika armiyasidan umumqo‘shin janglarida uzoqqa uchuvchi raketalar tizimi (A2/AD konsepsiyasi)dan foydalanish borasida, shuningdek, kiberurushlarda ustunlik qilmoqda. Bu haqda «National Interest»ga tayanib Xabar nashri ma'lum qildi.
Semp yuqoridagi yo‘nalishlarda AQShning Rossiyadan ortda qolayotgani, ayniqsa, Markaziy va Sharqiy Yevropada yaqqol sezilayotganini bildirdi.
Garchi Moskva Vashingtonga butun Yer shari bo‘ylab raqobat qila olmas, biroq alohida mintaqalarda AQSh va uning ittifoqchilariga javob berish uchun yetarlicha potensialga ega, deb yozmoqda ushbu nashr.
Ma’lumot uchun: Rossiyada qurolli kuchlar islohoti 2008-yilda boshlangan. Butun mamlakat bo‘ylab eng yangi qiruvchi samolyotlar va tanklar joylashtirilmoqda. 2017-yili Rossiya qurolli kuchlari 16 ta jangovar kema, 190 ta samolyot va vertolyot, 800 ta tank va jangovar zirhli texnika, 170 ta zenit raketalari tizimlari va komplekslari, 1950 ta ko‘pmaqsadli avtmobillar bilan ta’minlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»