5 391
Bomjga atalgan pullar… (yoxud amerikalik erkak va ayolning qisqa fursatda boyib ketish usuli)
2017 yil noyabr oyida uysiz, umuman hech narsasiz qolib ketgan amerikalik Jonni Bobbit yoʻlda benzini tugab qolib ketgan mashina egasiga yordam qoʻlini choʻzdi. Choʻntagidagi oxirgi 20 dollar puliga benzin olib berdi. Mashina egasi Keyt Makklyur ismli ayol edi. U uysiz erkakning yordamidan mamnun boʻlib, tashakkurini boshqacharoq yoʻl bilan izhor etishni xohladi. Yaʼni, gazetalarga eʼlon berib, uysiz Bobbitga moddiy jihatdan koʻmak berishlarini soʻradi. Ayol bu ishni Mark DʻAmiko ismli yigit bilan birga amalga oshirdi. Oldiniga ular bu erkakka 10 ming dollar pul yigʻib berishni moʻljallashgandi. Qarashdiki, bir oy oʻtmay, hisob raqamidagi pullar miqdori 300 ming dollardan oshib ketdi. Sal oʻtib bu pullar 400 ming dollarga aylandi. Ana shunda ayol va erkakni shayton yoʻldan urdi. Pullarni Bobbitga bermaslikka qaror qilishdi. Buning uchun bahona ham topila qoldi. Emishki, Bobbit narkoman, bor pulini narkotiklar sotib olishga sarflarmish. Qachon bu odatini tashlasa, pullarni oʻshanda olarmish…
Shubhasiz, pul shirin tuyulganini ahmoq ham anglab yeta oladi. Bobbitning tan olib aytishicha, bu juftlik uni qandaydir gʻildirakli vagonchaga oʻxshash uychaga joylashtirgandi. Sal oʻtmay, uychaning ballonlari toʻkilib tushdi.
— Men sababini bilaman, — dedi Bobbit jurnalistlarga. — Juftlik menga atalgan pullarni hashamatli mashina sotib olish, manaman degan kurortlarda dam olish uchun sarflagan…
Xullas, uysiz Bobbit hanuz koʻchada yashamoqda. Juftlik esa uni koʻrishni ham xohlamayapti. Toʻppa-toʻgʻri. Xohlamaydi ham. Har holda amerikaliklar uchun ham 400 ming dollar katta pul-da!
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin