17:07 / 27.08.2018
3 892

Burgerning haqiqiy “otasi” kim?

Burgerning haqiqiy “otasi” kim?
Bugun kimni gamburger yoki burger bilan lol qoldirish mumkin? Bunday odam Yer yuzida topilmasa kerak. Biroq kulinariyaning bu ijod mahsuli qayerdan kelib chiqdi? Tez tayyorlanadigan yeguliklar tarixi bilan tanish boʻlganlar uchun gamburger – burger turlaridan biri ekani yangilik emas.

Aniqlanishicha, nafaqat Amerika, balki dunyo fastfudi qiroli – burgerning tarixi chalkash. Kulchalar oʻrtasiga solingan kotletlardan iborat buterbrod paydo boʻlishiga amerikalik, nemis va boshqa xalqlar oʻz hissalarini qoʻshishni istashgan.

Aslida yegulikni tez va qulay hazm qilishni kim oʻylab topdi? Bifshteksni yoʻlda ketayotib yeyish yechimi qanday paydo boʻldi?

Foto: Pixabay
“Gamburger” nomidan boshlaymiz. Bu soʻz Gamburg nemis shahriga oʻxshab talaffuz etilishini rad etishdan maʼno yoʻq. Kulinar faoliyat tarixchilarining fikriga koʻra, bu taomning retsepti Amerikaga germaniyalik emigrantlar bilan kirib kelgan: Yevropaning bu mamlakatida ancha vaqt oldin qovurilgan goʻsht nonning orasida tortilishni boshlagan.

Boshqacha fikr ham mavjud: buterbrod nomi amerikacha ildizga ega: Amerikadagi Gamburg shahridan kelib chiqqan. 1885 yilda har yili oʻtkaziladigan Gamburg yarmarkasida (AQSH) aka-uka Menchislar qovurilgan kotletni ikki boʻlak non orasida tortishgan. Mahsulotlar uchun Frenk va Charlz choʻchqa goʻshtidan foydalanishgan, biroq u tugagach, mol goʻshtiga oʻtishgan.

Deyarli bir vaqtda (1885 yil) ikki qavatli kulcha orasiga qiyma solingan buterbrodlar paydo boʻldi. Uning muallifi Seymurlik Charli Nagrin (u ham AQshdan) oʻz ijod mahsulini “Charli Gamburgeri” deb nomlagan. U bunday joylashtirilgan goʻshtni yoʻlda ham yeyish qulay deb hisoblagan.

Foto: Pixabay
1891 yilda kelib chiqishi amerikalik boʻlgan (Talsa shahri) Oskar Veber Bilbi oilasi tomonidan gamburgerga mualliflik huquqi ularning ajdodlariga tegishli ekani aytilgan. Bu fikr shu darajada ishonchli ediki, Oklaxoma shtati gubernatori 1991 yilda Talsa shahrini gamburgerning haqiqiy vatani deya tan olgan.

Yana bir oshpazni gamburgerni yaratganlar roʻyxatiga kiritish mumkin. Bu – Otto Kuasava. 1891 yilda portdagi qahvaxonada ishlash vaqtida ustiga qovurilgan tuxum qoʻyilgan kotletlarni tayyorlagan. Bunday yegulik barcha dengizchilarga ham yoqavermagan. Koʻpchiligi tuxumni bir chetga surib, non va goʻshtni isteʼmol qilishgan.

Bu yerda Texasda joylashgan afinalik Fletcher Devis burger tarixiga aralashishi mumkin. U 1880 yildayoq non boʻlaklari orasiga piyoz va xantal qoʻshilgan goʻshtni joylashtirishni oʻylab topgan. Uning oilasida oʻzlari tayyorlagan burgerlar bilan savdo qiladigan doʻkon ham boʻlgan.

Foto: Pixabay
Yuqorida qayd etilgan familiyalarga qaramay, 2000 yilda AQSH Kongressi kutubxonasi tomonidan amerikalik gamburgerning haqiqiy “otasi”ning nomi aytildi. U - Lui Lessing. 1900 yilda Nyu-Xeyvendagi yemakxonada ishlagan vaqtida u tez tayyorlanadigan taomga buyurtma olgan. Lui qiyma boʻlagini olib, undan ingichka kotlet shaklini yasagan va ikki tost orasiga qoʻyib, stolga tortgan. Burger tarixining asosi mana shu yerdan boshlangan.

Koʻrib turganingizdek, taom mashhurlikka erishishida eng katta hissa amerikaliklar tomonidan qoʻshilgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Burgerning haqiqiy “otasi” kim?