08:31 / 07.09.2018
5 050

Rossiyaning “eng badavlat oilalari” maʼlum qilindi

Россиянинг "энг бадавлат оилалари" маълум қилинди
Forbes nashri Rossiyaning eng badavlat oilalarining yangi reytingini tuzdi.

Unga koʻra, 1-oʻrinni oʻtgan yilgi reytingdagi kabi Gutseriyevlar oilasi egallamoqda. Ushbu oilaning aʼzolariga tegishli umumiy boylik 5,97 mlrd dollarga baholangan. Gutseriyevlar oilasiga quyidagi shaxslar mansub: “Safmar” guruhining asosiy egasi Mixail Gutseriyev (4,5 mlrd dollar), “Safmar”ning yana bir egasi Sait-Salam Gutseriyev (760 mln dollar), “Fortinvesta” bosh direktori Said Gutseriyev (660 mln dollar), “M.Video” bosh direktori, Mixail Gutseriyevning jiyani Bilan Ujaxov (45 mln dollar).

Oʻtgan yilgi reytingga koʻra, ushbu oilaga 9,91 mlrd dollar tegishli boʻlgan. Joriy yilda Gutseriyevlar oilasini Mixail Shishxanov tark etgan. U oʻzi bilan birga “Binbank”ni, “Russneft”ning va “A101” qurilish kompaniyasining 49 foiz aksiyalarini olib ketgan. Gutseriyevlar oilasi aktivlarni yoʻqotganiga qaramay, reytingda yetakchi oʻrinni saqlab qolgan.

2-oʻrinni 4,85 mlrd dollarga ega Rotenberglar oilasi egallagan: “Yavara-Neva” klubi bosh direktori Arkadiy Rotenberg (2,5 mlrd ddollar), “SMP bank” direktorlar kengashi aʼzosi Boris Rotenberg (1,2 mlrd dollar), “EnViPi Injiniring” direktorlar kengashi raisi Igor Rotenberg (800 mln dollar), Arkadiy Rotenbergning qizi Liliya (300 mln dollar).

3-oʻrinni 3,14 mlrd dollarga ega Gaponsevlar oilasi egallagan: “IPG Photonics” bosh direktori va direktorlar kengashi raisi Valentin Gaponsev (2,9 mlrd dollar) va uning oʻgʻli, sarmoyachi Denis Gaponsev (240 mln dollar).

4-oʻrinni Tataristonning sobiq prezidentining oʻgʻli, “Tatavtodor” bosh direktori Ayrat Shaymiyev boshchiligidagi Shaymiyevlar oilasi 4,28 mlrd dollar bilan egallamoqda.

5-oʻringa “Kafijat Kft” boshqaruvi aʼzosi Mekdet Raximkulovning oilasi qoʻyilgan (1,7 mlrd dollar).

6-oʻrinni “RЕSO” guruhini bildiruvchi aka-uka Sergey va Nikolay Sarkisovlar (1,5 mlrd dollar) egallagan.

7-oʻrinni “Rossiya” banki egalaridan biri Nikolay Shamalovning oilasi 1,47 mlrd dollarlik boylik bilan egallagan.

8-oʻrinni “Gruppa Alyans” prezidenti Musa Bajayev boshchiligidagi Bajayevlar oilasi egallagan (1,41 mlrd dollar).

9-oʻrinni Ziyavudin Magomedov va uning ukasi Magomed (“Summa” va “Kardo Alyans” guruhlari) egallagan. Ular 1,4 mlrd dollarga ega.

Yetakchi oʻntalikning oxirgi oʻrnini “Gruppa Koks” asoschisi, marhum Boris Zubiskiyning vorislari Zubiskiylar oilasi 1,4 mlrd dollarlik boylik bilan egallagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning “eng badavlat oilalari” maʼlum qilindi