06:30 / 09.09.2018
4 712

Rossiyalik desantchilar Suriya sohillariga tashlandi

Россиялик десантчилар Сурия соҳилларига ташланди
Rossiya dengiz piyoda qoʻshinlari boʻlinmasi flot va aviatsiyaning Oʻrta yer dengizidagi qoʻshma mashgʻulotlari doirasida Suriya sohillariga tashlandi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi muxbiri maʼlum qildi.

Rossiyalik harbiylar Suriyaning Lataqiya viloyatida shartli dushmanning sohilboʻyi plasdarmini egallab olishlari kerak boʻlgan. Dastlab sohilga vertolyotlardan razvedkachilar guruhi tashlangan. Soʻngra dengizdan katta desant kemalaridan bronetransportyorlarda asosiy kuchlar yetib kelgan.

Desant tashlanishini mashq qilishda 26 ta jangovar kema, jumladan uchta katta desant kemasi, “Raptor” katerlari va oʻt ochish bilan qoʻllab-quvvatlash kemasi ishtirok etgan. Desantlarga havodan 24 ta uchish qurilmasi, jumladan Ka-29, Mi-8 va Mi-24 vertolyotlari, Su-33 va Su-30SM samolyotlari koʻmak koʻrsatgan.

Rossiya harbiy-dengiz kuchlari bosh qoʻmondoni Vladimir Korolev desantning tashlanishini ramziy ekanligini aytgan. Uning aytishicha, harbiylar oʻz oldilariga qoʻyilgan vazifani munosib tarzda bajarganlar.

1 sentyabrdan 8 sentyabrgacha oʻtgan mashgʻulotlar Rossiya harbiy-dengiz kuchlari va harbiy-koinot kuchlarining Oʻrta yer dengizidagi ilk qoʻshma mashgʻulotlari boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik desantchilar Suriya sohillariga tashlandi