Xaker onlayn-kazinoda qatorasiga 24 marta jek-potni qoʻlga kiritdi

Xaker onlayn-kazinoda qatorasiga 24 marta jek-potni qoʻlga kiritdi
Runningsnail taxallusi ostidagi xaker DEOSGames onlayn-kazinosida ketma-ket 24 marta jek-potni qoʻlga kiritdi. U yutuqni oʻz hisobiga oʻtkazganidan soʻng kazinoni tark etdi. Bu haqda DEOSGames oʻzining Twitter-akkauntida xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, xaker onlayn-kazinoga hujum qilish natijasida qariyb 24 ming dollarni qoʻlga kiritgan.

DEOSGames mazkur hujumni foydali saboq deb atadi. “Bu yaxshigina stress-test boʻldi va biz sezilarli darajada kuchaydik”, — dedi kompaniya vakillari.

Avvalroq kazino maʼlumotlar bazasini akvarium ichidagi “aqlli” termometr orqali buzib kirgan xakerlar haqida xabar qilingandi. Jinoyatchilar uning signalidan kazino ichki tarmogʻiga kirish uchun foydalanishgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar