4 484
Amerikalik ayol velosiped tezligini 300 km/soatga yetkazib jahon rekordini oʻrnatdi (video)
Amerikalik Denis Myuller-Korenek velosiped tezligini soatiga 295,6 kilometrga yetkazib jahon rekordini oʻrnatdi. Rekord AQSHning Yuta shtatidagi qurib qolgan Bonnevill shoʻr koʻli sathida oʻtkazildi. Uning tekis tuzli yuzasi ishqalanishni kamaytiradi, shu bois bu yerda maksimal tezlik oʻrnatish uchun turli sinovlar oʻtkaziladi.
45 yoshli Myuller-Korenekning velosipedi maxsus sport avtomobiliga mahkamlandi va avtomobil velosiped tezligini soatiga 241 kilometrga yetkazdi. Shundan soʻng velosipedni tortib turgan troslar yechib yuborildi va Myuller-Korenek besh kilometr masofani oʻzi bosib oʻtdi.
Velosiped yengil uglerod materiallardan tayyorlangan boʻlib, maxsus tishli gʻildiraklar oʻrnatilgandi – ular katta tezlikda ham muvozanatni saqlash hamda pedal bir marta tepilganida 40 metrgacha yurish imkonini berardi.
Avvalgi jahon rekordi gollandiyalik Fred Rompelbergga tegishli: u 1995 yilda tezlikni soatiga 268,7 kilometrga yetkazgan. Ayollar oʻrtasidagi rekord esa Myuller-Korenekka tegishli: u 2016 yilda velosiped tezligini soatiga 237,7 kilometrga yetkazgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi
Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi
Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi
AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi