Qozogʻistonning Jambil viloyatidagi bolalar bogʻchasida tarbiyachi boʻlib ishlagan 29 yoshli Aygerim Moldatayeva yaqinda oʻz joniga qasd qildi. Aytishlaricha, uning odamlardan, banklardan millionlab qarzi bor ekan.
Qarzlarni esa oʻzi uchun emas, sevgilisi 27 yoshli ismi-sharifi negadir eʼlon qilinmagan yigit uchun olgan. Surishtirishganda, yigit uning koʻngilchanligidan, sevgisidan unumli foydalangan holda qarz olishga undab kelgan. Aygerim hatto foizga pul olib uning qoʻliga tutqazgan. Noshukr yigit esa bu pullarni qimorda yutqazavergan.
Aygerim yashagan Koʻktol qishlogʻidagilar juda achinishmoqda. Axir, hali yosh edi, qolaversa, 8 yoshli oʻgʻli bor. Endi u yetim qoldi-ku!
Er yoki yigiti boʻlmish bu qahramon marhumaning qarindosh-urugʻlariga katta gapirib barcha qarzlarni qogʻozga yozib qoʻliga topshirishlarini, qarzlar tez fursatda uzilishini aytib osmondan ham kelgan. Biroq u bir tiyin ham pul olib kelmagan.
Marhumaning oilasidagilar yigitni sudga berish harakatida yurishibdi. Negaki, Aygerimning birovlardan olgan qarzlari kreditlar bilan qoʻshganda 5 million tangadan oshib ketgan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"