
Shanxay yaqinidagi qishloqlarning biriga oʻgʻri tushib, uchta uyni oʻmarib ketdi. Koʻrilgan zarar 10 ming yuanga teng ekani aniqlandi. Biroq politsiyachilar oʻgʻrini sira tuta olishmayotgandi. Bu ishda qishloqda kuzatuv kamerasi kamligi xalal berardi.
Kunlarning birida uyi oʻmarib ketilganlardan biri stol ustiga banan qoʻyganini eslab qoldi. Borib qarasa, stoldagi banan ham gʻoyib boʻlgan ekan. Darrov politsiyachilarga shu haqda shipshitdi. Politsiyachilar esa boshqa xonadonlardagi kuzatuv kameralari orqali qidiruv tashkil etishdi.
Qarangki, kameralarning biri skuterda banan yeb ketayotgan yigitni xotirasida saqlab qolgan ekan. Politsiya xodimlari juda qisqa muddat ichida oʻgʻrini qidirib topishdi va jazoga tortishdi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar