
Saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘limidan bir necha oy oldin Saudiya Arabistonining AQShdagi elchisi Xolid bin Salmon bilan uchrashgan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Saudiya Arabistonining AQShdagi elchisi Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning akasi hisoblanadi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, ularning Vashingtondagi uchrashuvi yarim soat davom etgan. Jurnalist va elchi aynan nima haqida suhbatlashganiga aniqlik kiritilmagan, biroq NBC’dan ta’kidlashlaricha, Qoshiqchining o‘zi keyinchalik bu uchrashuvni «ijobiy» deya ta’riflagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Jamol Qoshiqchi bo‘g‘ib o‘ldirilgani haqida xabar bergandi.
ABC telekanalining nomini oshkor etishdan bosh tortgan saudiyalik amaldorga asosan xabar qilishicha, Jamol Qoshiqchi podshohlikning Istanbuldagi konsulligida «bo‘g‘ib o‘ldirilgan», bu holat u binoni tark etish va yordam so‘rashga uringanidan so‘ng yuz bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar