
22 oktyabr kuni Xitoyning janubida dunyodagi eng uzun 55 kilometrlik dengiz ko‘prigi ochildi. Bu haqda RIA Novostiga tayanib Turon24 nashri xabar bermoqda.
Mazkur ko‘prik Gongkong, Makao va Guandun viloyatining Chjuxay shahrini bog‘laydi.
Tantanali tadbir Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin, Gongkong Kongress raisi Kerri Lam, Xitoy Davlat kengashi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Xan Chjena, Guangdong viloyati partiyasi qo‘mita kotibi Li Xi hamda 700 ga yaqin mehmonlar ishtirokida Chjuxay shahrida bo‘lib o‘tdi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030 yilga kelib, ko‘prikda kuniga 29 mingdan ortiq avtomobil va 120 mingdan ziyod yo‘lovchi o‘tadi.
Dunyodagi eng uzun ko‘prikning iqtisodiy integratsiyaga, shaharlarning rivojlanishiga, shuningdek, Gonkong va Makaoda turizmni rivojlantirishga katta hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prikning og‘irligi 400 ming tonnani tashkil etib, u soatiga 300 kilometrdan ziyod kuchli tayfun shamoliga hamda 8 magnitudali zilzilaga bardoshli qilib, mustahkam qurilgan.
Endilikda Gongkongdan Chjuxaygacha bo‘lgan uch soatlik yo‘l 30 daqiqaga qisqardi. Ko‘prikda transport qatnovi 24 oktyabr kuni ochiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar