BMT ayollarning niqob kiyib yurgani uchun jarimaga tortgan Fransiya inson huquqlarini poymol qilgan, deb hisoblamoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasidagilar bu taqiq musulmon ayollarining ibodat erkinligiga putur yetkazadi, degan xulosaga kelishgan.
2016 yilda inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitaga yuzni berkitish imkonini beruvchi kiyim kiyib yurgani uchun jarimaga tortilgan ikki nafar ayoldan shikoyat kelib tushgan.
Fransiyada esa 2010 yilda «hech kim ommaviy muhitda yuzni berkitish uchun mo‘ljallangan kiyim yoki buyum kiyib yurishi mumkin emas»ligini nazarda tutuvchi qonun qabul qilingan.
Qo‘mitaning xulosasiga ko‘ra, omma oldida niqob (burqa) kiyib yurish uchun umumiy taqiq musulmon ayollarining huquqlarini poymol qiladi. Fransiya mazkur kiyimni taqiqlash nechog‘lik zarur ekanligini yetarli tarzda tushuntirib bera olmagan. Bu xavfsizlik nuqtai nazaridan ekanligi qo‘mitani qanoatlantirmagan.
BMTdagilar taqiq o‘ta radikal ekanligini tan olishgan. Davlatlar faqat shaxsni aniqlashtirish uchun yuzni ko‘rsatishni talab qilishga haqli. Endi 180 kun ichida Fransiya hokimiyati BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasiga hisobot topshirishi va shikoyat qilgan ayollarga kompensatsiya to‘lab berishi lozim bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida