Olimlar fazodan noma’lum signal qabul qildi

Olimlar fazodan noma’lum signal qabul qildi
Foto: «Korrespondent.net»
Xalqaro radioastronomik tadqiqotlar markazi fazodan tushuntirib bo‘lmaydigan signal qabul qildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Qabul qilingan signal Somon yo‘li tubidan kelgan va qisman Oyga urilgan. Uni yerusti stansiyalari ham qayd etgan. Olimlarning qabul qilingan signal bo‘yicha fikrlari turlicha bo‘lmoqda.

Ba’zilarining fikricha, bu — Katta portlashning «aks sadosi» hisoblanadigan kosmik nurlanish. Boshqa mutaxassislar esa signal sun’iy ravishda hosil qilingan deb hisoblamoqda.

Ayni paytda astronomlar qabul qilingan signalning tabiatini va uning manbasini aniqlashga urinmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar