date
views 3 089

Erkak onasi tomonidan 1934 yilda olingan kitob uchun jarima to‘ladi

Erkak onasi tomonidan 1934 yilda olingan kitob uchun jarima to‘ladi
AQShning Luiziana shtatidagi Shrivport shahrida yashovchi Robert Straud onasidan qolgan narsalarni ko‘zdan kechirayotib, ular orasidan Edgar Li Mastersning “Antologiya Spun-River” kitobini topib olgan. Aniqlanishicha, kitob onasi tomonidan 11 yoshida 1934 yilda mahalliy Shreve Memorial Library kutubxonasidan olingan, biroq belgilangan muddatda qaytarib berilmagan.

Dastlab Straud kitobni kutubxonaga yashirincha tarzda tashlab qo‘ygan, biroq kutubxona xodimlari kitobning suratini feysbukdagi sahifalarida e’lon qilib, ushbu voqea shov-shuv bo‘lib ketgandan keyin o‘zini oshkor qilishga qaror qilgan.

Erkak kitobning o‘z vaqtida qaytarilmagani uchun jarimani to‘lashga rozi bo‘lgan. Kutubxonada unga peshvoz chiqib, jarimaning maksimal miqdorini amaldagi qoidalar bo‘yicha 3 dollar kilib belgilashgan. Biroq erkak kitobning forzatsidagi ko‘rsatilgan kutubxonaning eski qoidalariga amal qilishga qaror qilgan. Bu qoidalarga ko‘ra har bir o‘tkazib yuborilgan kun uchun jarima 5 sentni tashkil qilgan va erkak kutubxonaga 1542,65 dollarlik chek topshirgan.

Chekning topshirilishi vaqtida kutubxona direktori Jon Taggl ushbu voqea boshqalar uchun saboq bo‘lishi mumkinligi haqida hazillashgan. Uning aytishicha, kutubxona olingan pulni kitobxonlarga olingan kitobni qaytarishga hech qachon kech bo‘lmasligini eslatish uchun sarflaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erkak onasi tomonidan 1934 yilda olingan kitob uchun jarima to‘ladi