U Sinszyanda istiqomat qiladi. Bir yil oldin do‘stlariga yangi tryuk namoyish etish ilinjida mast holatda bo‘la turib osh qoshiqni yutib yuborgan. Shundan keyin bu voqeani unutgan. Ammo bir yildan keyin qoshiq borligini bildira boshladi. Yigit qorin qismida kuchli og‘riq turishidan, nafas olishi qiyinlashib borayotganidan shikoyat qilib vrach qabuliga keldi. Rentgen natijasini ko‘rgachgina o‘sha paytda qoshiq yutgani yodiga tushib qoldi.
O‘shanda qoshiqqa ip boylab yutgan, keyin esa do‘stlariga ip yordamida qoshiqni tortib olishlarini aytgan. Ammo o‘shanda nima bo‘lgan-u, ip uzilib, qoshiq ichkarida qolib ketgan ekan.
Vrachlar jarrohlik amaliyotisiz yigitning og‘zi orqali qoshiqni tortib olishdi. Albatta, yigitga oldin narkoz berishdi. Aks holda bu jarayonda og‘riqni ko‘tara olmasligi mumkin edi. Hozir u oshqozonini davolatmoqda. Vrachlar tez orada yigit sog‘ayib ketishiga ishonishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi