date

«Novaya gazeta» tahririyatiga tirik qo‘ylarni tashlab ketishdi

«Novaya gazeta» tahririyatiga tirik qo‘ylarni tashlab ketishdi
«Novaya gazeta» tahririyati joylashgan bino oldiga tirik qo‘ylar solingan uchta qafas qoldirib ketildi. Jonivorlarning suratini nashrning matbuot kotibi Nadejda Prusenkova «Facebook»dagi sahifasiga joylashtirdi.

Qo‘ylarni kim keltirgani noma’lum. Qo‘ylarga «Matbuot» yorlig‘i bor nimcha kiydirilgan…

Oktyabr oyida ham shunga o‘xshash voqea bo‘lgan, faqat unda dafn gulchambari va so‘yilgan qo‘yning boshi qoldirib ketilgan — jurnalist Denis Korotkovga tahdid qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, «Novaya gazeta» ijtimoiy-siyosiy nashr bo‘lib, 1993 yilning 1 aprelidan chiqa boshlagan. Tahririyati Moskva shahrida joylashgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » «Novaya gazeta» tahririyatiga tirik qo‘ylarni tashlab ketishdi