date
views 7 843

G‘aroyib hodisa : “Uyqudagi bolalarni himoya qilayotgan arvoh…”

G‘aroyib hodisa : “Uyqudagi bolalarni himoya qilayotgan arvoh…”
Uy egasi yaqinda xonadonidagi kuzatuv kamerasini nazardan o‘tkazayotib, dahshatli bir manzaraga duch keldi. Uning ikki o‘g‘li uxlaydigan xonada oq kiyimli, uzun bo‘yli ayol arvohi turar, uxlayotgan farzandlaridan ko‘z uzmasdi. Azbaroyi qo‘rqib ketgan erkak darrov xotinini yoniga chaqirib, kuzatuv kamerasi xotirasida qolgan manzarani ko‘rsatdi. Shubhasiz, ayol ham dahshatdan qotib qolgandi. Ular ikkovlashib darhol bu videoyozuvni internet saytlaridan biriga joylashtirishdi.

Ajablanarlisi, kameradagi yozuvda erkakning xotini, ya’ni, uy bekasi, ikki o‘g‘ilning onasi ham ishtirok etgan. U yarim tunda xonaga kirib keladi-yu, bolalari tinch uxlayotganiga amin bo‘lgach, xonadan chiqib ketadi. Lekin bu arvohni umuman ko‘rmaydi, sezmaydi.

Sal o‘zlarini bosib olishgach, er-xotin manzara ustida izlanish olib borishdi va bir haqiqatni aniqlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, 1920 yillarda xuddi shu uyda Mildred Louler ismli ayol istiqomat qilgan. Ayolning ikki o‘g‘ilchasi va bir qizchasi bo‘lgan. Ularni ayol yolg‘iz tarbiya qilgan, voyaga yetkazgan. Ammo favqulodda mamlakat bo‘ylab sil kasalligi tarqalgan-u, bolalari xastalikdan o‘lib bergan. Bu ayriliqqa chiday olmagan ayol o‘z joniga qasd qilgan.

Mutaxassislar er-xotinni tinchlantirib, bu o‘sha Mildred xonimning arvohi ekanini ta’kidlashdi. Arvoh hech kimga ziyon yetkazmasligini alohida aytib o‘tishdi. Yana shuni qo‘shimcha qilishdiki, arvoh hanuz farzandlari o‘limiga bardosh qila olmayapti. Shuning uchun bu uyda yashovchi boshqa bolalar o‘lmasligi uchun ularni himoya qilmoqda. Demak, arvohdan qo‘rqmasa ham bo‘ladi.

Umuman, hayotning bir haqiqati bor. Donolar: «O‘liklardan emas, tiriklardan qo‘rq», deya behuda gapirishmagan. Chunki odam arvohi tiriklarga hech qachon ziyon yetkazmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘aroyib hodisa : “Uyqudagi bolalarni himoya qilayotgan arvoh…”