
Guanchjou sudi Xitoydagi Lepin konstruktorlari ishlab chiqaruvchi to‘rtta kompaniyani Lego kompaniyasining 18ta to‘plamidan nusxa ko‘chirishda aybdor deb topdi.
Mualliflik huquqini buzishda ayblangan mazkur kompaniyalar nusxasi ko‘chirilgan o‘yinchoqlarni ishlab chiqarishni to‘xtatishi va Lego kompaniyasiga yetkazilgan zarar uchun 650 ming dollar jarima to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Lego Xitoydagi soxta o‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchilarga qarshi kurashni 2017 yilda boshlagan edi: kompaniya o‘shanda o‘z savdo tamg‘asining Xitoyda tan olinishiga erishgan va Xitoyning Bela kompaniyasiga qarshi sudni yutib chiqqandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar