Rossiyaning Sibir federal universiteti va Rossiyaning Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi biofizika instituti olimlari Sibirning Arktika qismida yashovchi boganid goletsi turidagi baliqda omega-3 yarimto‘yinmagan yog‘ kislotalarining rekord miqdorda borligini aniqlashdi.
Baliq va dengiz mahsulotlari inson uchun omega-3 oilasiga kiruvchi eykozapentayen va dokozageksayen yog‘ kislotalarining asosiy manbai hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yurak-tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun bu moddalardan har kuni kamida bir grammdan iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Bundan tashqari, bu kislotalar miya faoliyatini yaxshilaydi, xotirani normallashtiradi, ta’lim olish qobiliyatini oshiradi.
Ta’kidlanishicha, ushbu baliqda omega-3 kislotalari bir grammga 33 milligrammni tashkil qilishi aniqlangan, bu esa uni salomatligi borasida qayg‘uruvchi barcha insonlar uchun foydalilik bo‘yicha mutlaq rekordchiga aylantiradi.
Ta’kidlanishicha, bu baliqdan kuniga 30 gramm iste’mol qilish foydali yog‘ kislotalarining kunlik me’yorini qoplaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi