Shimoliy Koreya o‘z hududidan AQSh fuqarosini chiqarib yubordi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi bayonotida aytilgan.
Bryus Bayron Lourens ismli amerikalik 16 oktyabrda Shimoliy Koreya va Xitoy o‘rtasidagi chegara orqali Shimoliy Koreya hududiga noqonuniy o‘tgach, qo‘lga olingan.
“Tergov davomida Lourens AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi buyrug‘i bilan Koreyaga noqonuniy o‘tgani haqida ko‘rsatma bergan”, deyilgan xabarda. Ta’kidlanishicha, tergov natijasiga ko‘ra, erkakni Koreyadan haydab chiqarishga qaror qilingan. Voqeaning qolgan tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
Reuters axborot agentligining ta’kidlashicha, 2017 yil noyabrida shunday ismli amerikalik Shimoliy Koreya chegarasi yaqinida izg‘ib yurgandan keyin Janubiy Koreyadan deportatsiya qilingan. Biroq bu ikki holatdagi odamlar bir kishiligi yoki yo‘qligi aniq emas.
Vashington va Pxenyan munosabatlari Shimoliy Koreya va AQSh yetakchilarning 12 iyundagi sammitidan keyin ancha yaxshilangan.
Uchrashuv oldidan mayda Pxenyan o‘z turmalaridan 3 amerikalikni ozod etgani ma’lum qilingan. Ular buzg‘unchilikda va dushmanona harakatlarni sodir etish ayblovi bilan qo‘lga olinib, mehnat lagerida jazo o‘tashayotgan bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi