16:43 / 17.11.2018
4 112

Sankt-Peterburgda oʻsmir maktabdosh qizning ustiga spirt sepib, uni yoqib yubordi

Sankt-Peterburgda oʻsmir maktabdosh qizning ustiga spirt sepib, uni yoqib yubordi
Peterburg politsiyachilari 15 yashar oʻsmirni qoʻlga olishdi. U 14 yoshli maktabdosh qizning ustiga spirt sepgan va yoqib yuborgan.

Bu voqea 15 noyabr kuni shahardagi kvartiralardan birida sodir boʻldi. Hozirgi paytda jabrlanuvchi qiz tanasida 30 foizli kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Oʻsmirga nisbatan Rossiya jinoyat majmuasining 111- modda 2- qismi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Maʼlumot berishlaricha, oʻsha kuni oʻsmir ikki nafar maktabdosh qiz hamda yaqin doʻsti bilan marhuma buvisining kvartirasida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan. Shu yerda qizlardan birini yoqib yuborgan va oʻzi qochib ketgan. Ichkarida qolgan qiz va uning doʻsti jabrlanuvchini “Tez yordam” stansiyasiga olib borgan. Tergov materiallarida taʼkidlanishicha, keyingi vaqtlar bu oʻsmir internetdagi ijtimoiy saytlarda depressiyadan darak beruvchi postlarni yoza boshlagan. Shundan kelib chiqib oʻsmir qizni sevib qolgan-u, qiz muhabbatini rad qilgan boʻlishi, jinoyatni shu bahonada sodir etgan boʻlishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sankt-Peterburgda oʻsmir maktabdosh qizning ustiga spirt sepib, uni yoqib yubordi