
AQSh prezidenti Donald Trampning tan olishicha, Faxriylar kunida Arlington milliy qabristonidagi marosimda qatnashmay, xatoga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Tramp o‘z xatolarini juda kamdan-kam hollarda tan oladi.
«Men buni qilishim kerak edi», - deya ta’kidlab o‘tdi u Fox News telekanali jurnalisti bilan suhbatda.
Biroq, AQSh yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, davlat ishlari bilan juda ham band bo‘lgan. Shundan keyin muxbir ta’kidlab o‘tdi: «Ammo bu - Faxriylar kuni», bunga esa Tramp shunday javob qaytardi: «Buni men qilishim kerak edi».
Prezidentning xabar berishicha, ertasi kuni u Parijdagi Amerika qabristonida nutq so‘zladi va u yerdan kech qaytdi, shundan keyin mamlakatdagi muhim masalalar bilan shug‘ullandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar