14:35 / 28.11.2018
4 243

Folbin ayol gipnoz yordamida lombard egasini bir necha million rublga tushirib qochdi

Folbin ayol gipnoz yordamida lombard egasini bir necha million rublga tushirib qochdi
Lombard egasi Aleksey degan yigit ekan. Uning aytishiga ko‘ra, lombardga kuppa-kunduzi folbin kirib kelgan va xizmatchi ayolni gipnoz qilib, temir sandiqdagi bor tilla buyum va pullarni olib chiqib ketgan. Ajablanarlisi, xizmatchi o‘z qo‘llari bilan sandiqda bor boyliklarni olib folbinning sumkasiga solib qo‘ygan. Yana bir hayratlanarlisi, kuzatuv kameralari ham folbinni qo‘rqita olmagan.

— Bu tushimda sodir bo‘lgandek, — deydi lombard xizmatchisi bo‘lmish o‘sha ayol. — Folbin ancha oldin lombardga kirib kelib menga issiq-sovuq qilishganini, agar tezda joduni yechmasa, meni balo va ofatlar chirmab olishini aytib qo‘rqitgan. Shu ko‘yi har dam olish kuni menga qo‘ng‘iroq qilib shu haqda eslatavergan. 26 noyabr kuni yana kirib keldi. Kirib kelgani esimda. Sandiqdagi bir necha million rubllik tilla taqinchoqlar va pullarni uning sumkasiga solib qo‘yganimni ham es-es bilaman. Folbin ayol hammasini sumkasiga solib qo‘yganimdan keyin chorrahaga borib irimi uchun uch-to‘rtta tangani irg‘itib kelishimni buyurdi. Men chiqib ketdim. Qaytganimda esa u g‘oyib bo‘lgandi…

Hozirgi paytda politsiyachilar firibgar folbinni qidirishmoqda. Agar topa olishmasa, yo‘qotilgan pul va tilla taqinchoqlarni o‘sha xizmatchi ayol to‘lab qo‘yishi kerak bo‘ladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Folbin ayol gipnoz yordamida lombard egasini bir necha million rublga tushirib qochdi