15:47 / 29.11.2018
3 872

Trampning Putin bilan uchrashuvi dollar kursiga ta’sir qiladimi?

Trampning Putin bilan uchrashuvi dollar kursiga ta’sir qiladimi?
Joriy yil 1 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin uchrashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. RIA Novosti bergan xabarga ko‘ra, suhbat ikki soat davom etadi.

Rossiya va Amerika yetakchilari 30 noyabr – 1 dekabr kunlari Argentinada bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti doirasida uchrashadi. Park Hyatt Buenos Aires mehmonxonasi uchrashuv joyi sifatida belgilangan.

Prezidentlar ikki tomonlama muammoli masalalarni, shu jumladan boshi berk ko‘chaga kirib qolgan rus-amerika munosabatlarini normallashtirishni muhokama qiladi. Putinning yordamchisi Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv yakkama-yakka va har ikki delegatsiyaning muhim a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

O‘z navbatida Donald Trampning milliy xavfsizlik masalasi bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton kun tartibida xavfsizlik, qurollanishdagi nazorat va mintaqaviy muammolar ekanini ta’kidlagan.

Ikki yirik davlat rahbarlari uchrashuvida hozirda jahon hamjamiyati e’tiborini o‘ziga tortgan Kerch bo‘g‘ozida yuz bergan voqeaga ham to‘xtalib o‘tilsa kerak.

Shu o‘rinda “Xalqaro moliya markazi” eksperti Vladimir Rojanovskiy Putin va Tramp uchrashuvi ikki mamlakat milliy valyutasiga ta’sir qilishini bashorat qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvning amalga oshishi dollar kursining 60-70 kopeykaga arzonlashuviga sabab bo‘ladi. Uchrashuv amalga oshmay qolganda dollar kursi 2 rublga mustahkamlangan bo‘lardi.

Eslatib o‘tamiz, Putin va Trampning avvalgi to‘liq shakldagi uchrashuvi 16 iyul kuni Xelsinki shahrida bo‘lib o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning Putin bilan uchrashuvi dollar kursiga ta’sir qiladimi?