Sankt-Peterburgning Moskovskiy rayonida 58 xonali xonadonning ikki xonasi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda rieltorlardan biri o‘zining Facebook-akkauntida ma’lum qildi.
«Hayotda hamma narsani ko‘rishni istaganlar uchun — Sankt-Peterburgdagi 58 xonali xonadonni ko‘ring. Ha, qonunchilikning mukammal emasligi sababli boshog‘riq paydo qiluvchi va uy egasiga ham, rieltorga ham noqulaylik tug‘diruvchi mana shunday xonadonlar bor», deb yozdi ko‘chmas mulk agenti.
Rieltorning aniqlik kiritishicha, 58 xonali xonadon sobiq umumiy yotoqxona bo‘lib, xususiylashtirishdan so‘ng xonadonga aylangan. Unda barcha yashovchilar uchun 50 metrli bitta oshxona mavjud, to‘rtta xonaga bitta sanitariya tarmog‘i to‘g‘ri keladi.
Sotuvga ikkita xona qo‘yilgan bo‘lib, ularning umumiy maydoni 40 kvadrat metrni tashkil etadi. Bu xonalar uchun 3 million rubl (45100 dollardan ortiqroq) so‘ralmoqda.
Avvalroq ekspertlar Rossiyada sotuvga qo‘yilgan eng qimmat bir xonali xonadonlar reytingini tuzishgandi. Peterburgning Krestovskiy orolida joylashgan xonadon ushbu reyting g‘olibiga aylandi. Maydoni 112 kvadrat metrga teng bo‘lgan bu xonadonning narxi 70 million rubl (1 mln dollar) atrofida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi