15:30 / 22.12.2018
3 455

Parlament «Sariq nimchalilar» harakati talabini qondirdi

Parlament «Sariq nimchalilar» harakati talabini qondirdi
Parlamentining quyi palatasi Prezident Emmanuel Makronning tashabbusi bilan «Sariq nimchalilar» namoyishchilari talablarini qondirish maqsadida ishlab chiqilgan qonun loyihasini imzoladi, deyiladi O‘zA xabarida.

Ishlab chiqilgan qonun loyihasiga ko‘ra, joriy yilning 1 yanvaridan e’tiboran mamlakatda eng kam ish haqi har oyda 100 yevrodan oshirib boriladi. Ishchilar va ish beruvchilar tomonidan ish vaqtidan tashqari mehnat uchun to‘lanadigan haqdan olib qolinadigan soliq bekor qilinadi. Shuningdek, nafaqasi 2 ming yevrodan kam bo‘lgan pensionerlardan soliq olish va yoqilg‘i uchun qo‘shimcha qiymat solig‘ini oshirish qonun bilan taqiqlab qo‘yildi.

Ma’lumot o‘rnida, Fransiyada “Sariq nimchalilar” norozilik namoyishi joriy yilning noyabr oyi o‘rtalarida boshlangan edi. Bunga mamlakatda dizel yonilg‘isi uchun qo‘shimcha qiymat solig‘ining oshirilishi bo‘yicha hukumat qarori sabab bo‘lgandi. Ushbu davr mobaynida haftaning har shanba kunlari mamlakatda tartibsizliklar yuzaga keltirgan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Tartibsizliklar huquq-tartibot idoralari va namoyishchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi. Ushbu harakat 9 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Parlament «Sariq nimchalilar» harakati talabini qondirdi