Foto: Rambler
AQShda yashovchi Richard Entoni Jons o‘ziga o‘xshash kishi tomonidan amalga oshirilgan jinoyat uchun 17 yilni qamoqda o‘tkazdi. Buning uchun erkak 1,1 million dollar tovon puli olgan. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Erkak 1999 yilda og‘irlashtiruvchi holatlarda talonchilik qilganlikda aybdor deb topilgan. O‘shanda unga o‘xshaydigan kishi supermarketning mashinalar to‘xtash joyida bir ayolning qo‘lidan mobil telefonini olib qochgan. Talonchilik qurboni jinoyatchi bilan kurashgan, yiqilgan va tizzasini sindirgan. Bu tan jarohati yetkazish sifatida tavsiflangan va shuning uchun jazo og‘ir bo‘lgan. Guvohlar jinoyatchini tasvirlab bergan.
Jonsning o‘zi esa jinoyat yuz bergan vaqtda yaxshi ko‘rgan qizining tug‘ilgan kuni munosabati bilan uyushtirilgan kechada bo‘lgan. U yerda Jonsni bir necha kishi ko‘rgan. Jinoyat guvohlari esa Jonsning xuddi o‘zini tasvirlab bergan. Bundan tashqari, jinoyatchining mashinasi Jonsning uyi yaqinida qoldirib ketilgan. Erkak 19 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. U appelyatsiya bergan va yutqizgan, keyin esa huquq himoyachilariga murojaat qilgan. Huquq himoyachilari haqiqiy jinoyatchini topishga muvaffaq bo‘lgan. U Jonsning uyiga va jinoyat joyiga yaqin yashovchi Riki Li Amos bo‘lib chiqqan.
Guvohlarga Amosning surati ko‘rsatilganda, ular mazkur shaxs ko‘proq o‘sha talonchiga o‘xshashini tan olgan. Sud bu ma’lumotlarni qabul qilgan va Jonsni ozod etgan. Biroq Amosni jazolashning imkoni bo‘lmagan, chunki jinoyatning eskilik muddati o‘tib ketgan edi.
Tovon bilan birga, Jons uning aybsiz ekanligi haqida sertifikat, shuningdek, huquqshunos maslahatiga taklifnoma va shtatning sog‘liqni saqlash sug‘urta dasturlarida ishtirok etish uchun ruxsat olgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi