date
views 3 557

Politsiyachidan qochgan mahbus bilmasdan politsiyachi mashinasiga o‘tirib oldi

Politsiyachidan qochgan mahbus bilmasdan politsiyachi mashinasiga o‘tirib oldi
AQShning Kentukki shtatida qochoq mahbus yo‘l-yo‘lakay ketayotgan mashinaga o‘tirib uzoqroq ketishga uringanda o‘zi bilmagan holda politsiyachi mashinasiga o‘tirib oldi. Bu haqda xorij nashriga tayanib Kun.uz nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mahbus Allen Lyuis Grinap okrugidagi dastlabki hibsga olish markazidan ayblov e’lon qilish uchun boshqa shtatga olib ketilayotganda qochib ketgan. Mahbus uni kuzatib borayotgan zobitga kishanlari qo‘liga og‘riq berayotganidan shikoyat qilgan. Politsiyachi kishanni yumshatmoqchi bo‘lib, uning bir tomonini ochganda, mahbus bundan foydalanib, politsiyachiga tashlanib, qochib qolgan.

Qochoqni qidirish ishlari borayotgan bir paytda mahbus qo‘shni shossegacha yetib borib, u yerda mashina to‘xtata boshlagan. Ammo u “yomg‘irdan qutulib, do‘lga tutilgan”: unga to‘xtagan haydovchi mahalliy universitetning talabalar shaharchasida ishlovchi politsiyachi bo‘lib chiqqan. Politsiyachi qochoqning qo‘llaridan birida qolgan kishanni ko‘rib, uni to‘g‘ri turmaga “eltib qo‘ygan”.

Endi mahbus qochishga urinishi uchun ham javob berishiga to‘g‘ri keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Politsiyachidan qochgan mahbus bilmasdan politsiyachi mashinasiga o‘tirib oldi