date
views 4 950

Fermer baqalarning pitonga minib olib «sayr qilayotganini» tasvirga oldi (video)

Fermer baqalarning pitonga minib olib «sayr qilayotganini» tasvirga oldi (video)
Foto: Google Images
Avstraliyalik fermer hayvonlar dunyosidagi g‘ayrioddiy fenomenni tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.
Ushbu videoda o‘nlab baqalarning uch metrli pitonning ustiga chiqib olganini ko‘rish mumkin.

Fermerning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni kechasi suv sathi ko‘tarilib, baqalarning uylarini suv bosgan. Shuning uchun ham ular o‘zlari uchun quruq joy izlashga majbur bo‘lgan.
Fermer ertalab dambani tekshirishga ketayotganida pitonga minib olgan baqalarni ko‘rib qolgan.
[media=https://www.youtube.com/embed/SgTkJ5Gqfls?start=0]
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fermer baqalarning pitonga minib olib «sayr qilayotganini» tasvirga oldi (video)