Xitoy Oyning orqa tomonidan olingan ilk fotolarni e’lon qildi

Xitoy Oyning orqa tomonidan olingan ilk fotolarni e’lon qildi
Xitoy Oyning orqa tomonidan olingan ilk fotolarni e’lon qildi
Foto: CNSA
Xitoy milliy koinot boshqarmasi (CNSA) «Chan’e-4» qurilmasi Oyning orqa tomoniga qo‘nganda olgan fotolarni e’lon qildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

«3 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 11:40 da kamera Oyning orqa tomonini dunyoda ilk bor yirik plandagi suratini oldi va Yerga uzatdi. Unda qurilmani tark etib, Oyga qaytishga chog‘langan modulning yo‘nalishi aks ettirilgan», — deyiladi boshqarma xabarida.

Tarixda ilk bor Oyning orqa tomoniga qo‘ngan Xitoy zondi Yer yo‘ldoshining geologik tuzilishi, tuproq tarkibi haqida ma’lumotlar to‘plashi, shuningdek, qator radioastronomik kuzatuvlar olib borishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar