date
views 3 978

Dunyodagi “eng xavfsiz aviakompaniya” maʼlum qilindi

Dunyodagi “eng xavfsiz aviakompaniya” maʼlum qilindi
Finlyandiya davlat aviakompaniyasi Finnair havo transportida parvozlar xavfsizligini oʻrganish bilan shugʻullanuvchi nemis tadqiqot markazi JACDEC talqiniga koʻra dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniya deb ataldi.

“Reyting Finnair 100 ta eng yirik aviakompaniya ichida eng kam baxtsiz hodisa, parvoz xavfsizligi bilan bogʻliq voqea va jarohatlarga egaligini koʻrsatadi”, deyilgan aviakompaniya xabarida.

Yangi reytingda Finnairʻga 93,91 foizlik xatarlik indeksi berilgan. Bu unga Norwegian Air va Singapore Airlines aviakompaniyalarini ortda qoldirishga imkon bergan. “Finnairʻda 1960-yillardan buyon yirik falokatlar yoki voqealar, jumladan personalni oʻqitish yoki texnik xizmat koʻrsatish vaqtida, boʻlmagan”, deyilgan xabarda.

Maʼlum qilinishicha, eng past xavfsizlik koʻrsatkichiga Garuda Indonesia aviakompaniyasi ega.

JACDEC reytingi 1973 yildan beri eʼlon qilinib kelinadi. U dunyoning eng yirik 100 aviakompaniyasi samolyotlari bilan bogʻliq koʻngilsiz hodisalar haqidagi maʼlumot tahliliga asoslangan.

Finnair Finlyandiyaning eng yirik aviakompaniyasi boʻlib, 1923 yilda tashkil etilgan. Kompaniya aksiyalarining nazorat paketi davlatga tegishli. Aviakompaniya 2017 yilda 12 mln kishini oʻz manzillariga eltib qoʻygan. Finnair Osiyoning 19 ta shahri, Shimoliy Amerikaning 8 ta shahri va Yevropaning 100 dan koʻproq joyiga reyslar amalga oshiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi “eng xavfsiz aviakompaniya” maʼlum qilindi