AQShning Amazon kompaniyasi bozordagi kapitallashuv bo‘yicha Microsoft’ni yana ortda qoldirib, dunyoning eng qimmatbaho kompaniyasiga aylandi.
Amazon kapitallashuvi aksiyalari narxi 3,4 foizga ko‘tarilgach, 797 mlrd dollarga yetdi. Microsoft’ning kapitallashuvi esa 789 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu borada 3-o‘rinni Alphabet xoldingi 745 mlrd dollarlik, 4-o‘rinni esa Apple 702 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan egallamoqda.
Amazon bozor kapitallashuvi bo‘yicha Microsoft’dan ilk bor o‘tgan fevral oyida o‘zib ketgandi. U bunga ikkinchi marotaba dekabrda muvaffaq bo‘lgan. Amazon rahbari Jeff Bezos esa dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatiga yetakchilik qilmoqda. Microsoft asoschisi Bill Geyts ushbu ro‘yxatda 2-o‘rinni egallamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi