Neft narxi 2017 yildan buyon rekord darajaga chiqdi

Neft narxi 2017 yildan buyon rekord darajaga chiqdi
“Bloomberg” maʼlum qilishicha, “Brent” hamda WTI markali neft narxlari oʻsishida 2017 yil iyulidagi rekord oʻrnatildi — “qora oltin” bahosi yettinchi savdo kunida ham oʻsishda davom etdi.

Agentlik neftning qimmatlashuvini AQSHda neft zaxiralarining ozayishi hamda OPЕK mamlakatlari qazib olish hajmini kamaytirishi haqidagi xabarlar bilan bogʻlamoqda. Bundan tashqari, Donald Trampning Xitoy bilan muzokaralar muvaffaqiyatli oʻtgani toʻgʻrisidagi bayonoti ham oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi.

Ayni paytda shimoliy dengiz “Brent” markali neftining bir barreli Londonning ICE birjasida 58 dollardan yuqori, WTI esa Nyu-York birjasida 49 dollardan qimmatga sotilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar