Amazon asoschisi va dunyoning amaldagi eng boy odami Jeff Bezos 25 yillik birgalikdagi turmushdan keyin rafiqasi 46 yoshli Makkenzi Tattl bilan boshqa bir ayol – sobiq teleboshlovchi, 49 yoshli Loren Sanchez sababli ajrashmoqda.
The Mirror nashrining ma’lum qilishicha, o‘tgan kuzda Sanchezning o‘zi 12 yillik turmush o‘rtog‘i – Gollivud agenti Patrik Uaytsell bilan birgalikdagi turmushiga nuqta qo‘yishga qaror qilgan. Sanchez 3 farzandni tarbiyalaydi. Juftlik birga yashamaydi, biroq rasman ajrashmagan. Ularning Sietldagi uyi Bezosning uyi yonida joylashgan.
Ma’lum qilinishicha, Loren Sanchez vertolyot uchuvchisi mutaxassisligiga ega va Bezosning Blue Origin kompaniyasi loyihasida ishlagan. Sanchez va Bezos oxirgi oylar birgalikda ko‘p vaqt o‘tkazishgan.
Bu orada Bezosning rafiqasi Makkenzi Tattl ajrashishdan keyin dunyodagi eng badavlat ayolga aylanishi mumkin. Bezosning hozirgi boyligi 137 mlrd dollarni tashkil qiladi va Tattl bu qiymatning yarmini olishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi