3 802
Belorussiya muxolifatchilari Rossiya telekanallari namoyishi toʻxtatilishini talab qilmoqda
Belorussiyadagi “Belorussiya xalq fronti” muxolifatchi partiyasi vakillari 2019 yilni mamlakatda belorus tili yili deb eʼlon qildi. Bundan unumli foydalangan holda ular mamlakat ichkarisida asosan belorus tilida gapirishni barchadan talab qilmoqda.
Jurnalistlardan esa Rossiya haqida axborotlar tarqatish bas qilinishini talab qilishgan. Ularning aytishicha, Belorussiya ichkarisida Rossiya telekanallari oʻrnini yo mahalliy, yo Yevropa telekanallari egallashi kerak emish. Bundan tashqari, taʼlim sohasida ham faqat davlat tili hukm surishi shart ekan.
— Rossiya telekanallari ikki davlatni bir-biriga yovlashtirish uchun xizmat qilyapti, — deyishdi muxolifatchilar. — Bunday telekanallarni yoʻq qilish kerak. Ularning bizga keragi yoʻq…
Muxolifatchilar yana shuni taʼkidladiki, beloruslarning koʻpchiligi allaqachon Rossiya telekanallarinigina tomosha qilishga, oʻzaro rus tilidagina muloqot qilishga odatlanishgan. Agar ahvol shunday davom etadigan boʻlsa, Rossiya tanklari bir kun mamlakatga kirib keladi-yu, ruscha gapirmaydiganlarni qira boshlaydi. Ruscha gapirganlarni esa himoya qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"