Putin va Erdo‘g‘an Suriya va gaz masalasini muhokama qilishadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Tayip Rajab Erdo‘g‘an Anqarada 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘zaro muzokaralar chog‘ida Suriya mavzusini batafsil muhokama qilishadi. Rossiya davlati rahbarining yordamchisi Sergey Ushakovning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, shuningdek, jangarilar tayyorgarlik o‘tayotgan Turkiya hududidagi lagerlar masalasi ham o‘rtaga tashlanadi.
Diqqat markazida – dolzarb xalqaro muammolar
“Muzokaralarda dolzarb xalqaro muammolarga, xususan, Yaqin Sharq hududidagi hamda Suriya va Iroqdagi vaziyatga alohida e’tibor qaratilishi mo‘ljallanmoqda”, – dedi Ushakov.
“Fikrimcha, o‘zaro fikr almashishlar bo‘ladi, shuningdek, Sochiga Suriya tashqi ishlar vazirining yaqinda qilgan tashrifi ham hisobga olinadi”, – qo‘shib qo‘ydi Kreml vakili.
Gaz masalasi
“Turkiya bilan o‘zaro hamkorligimiz sohasida energetika muhim mavzulardan biridir. Turkiyaga gaz etkazish masalasi ham muhokama qilinadi”, – dedi Ushakov, ammo bu mavzuda batafsil izoh berishni lozim topmadi.
Asosiy mavzulardan biri – HTH
Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlik (HTH) ikki davlat prezidentlari muzokaralarida asosiy mavzulardan biri bo‘ladi. Ammo hozircha Kreml muhokamalar borasida aniq fikr aytmadi.
“O‘zaro harbiy-texnikaviy hamkorlik muhokama qilinadi, bu mavzu muzokaralar kun tartibiga kiritilgan, lekin aynan nimalar va qay yo‘sinda muhokama qilinadi – bu borada o‘sha uchrashuvgacha kutgan bo‘lardim”, – dedi Rossiya davlati rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga.
Kreml vakili Anqaradagi uchrashuvlar natijasidan kelib chiqib 2016 yil Rossiya va Turkiyada turizm yili deb e’lon qilinadi. “Turkiya – rossiyalik sayyohlar eng ko‘p boradigan mamlakatlardan biridir, sayyohlar oqimi muntazam oshib bormoqda, bu esa qisqa muddatli safarlar uchun vizasiz rejim tartibini joriy etishga turtki bo‘ladi”, – dedi Putinning yordamchisi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing