Qozog‘iston yoshlarning ta’lim darajasi bo‘yicha reytingda 9-o‘rinni egalladi. Reyting Britaniyaning Vouchercloud portali tadqiqotchilari tomonidan tuzildi, u xaridlar uchun mablag‘ni tejashga yordam beradi.
Reyting tuzuvchilarining ta’kidlashicha, respublika «barcha taxminlardan o‘zib ketdi». Taxminlarga ko‘ra, Qozog‘iston «yangi qudratli intellektual davlatga» aylanishi mumkin.
Yoshlar ta’lim darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingi portal tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotning bir qismi bo‘lishi mumkin. Vouchercloud ekspertlari olingan ma’lumotlarni dunyoning 25ta eng aqlli davlati ro‘yxatini tuzish uchun qo‘llashdi. Yoshlarning ta’lim darajasidan tashqari, Nobel mukofoti laureatlari soni va aholining o‘rtacha IQ darajasi ham hisobga olingan.
Vouchercloud Sharqiy Osiyo mamlakatlari ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor qaratgan. Masalan, Janubiy Koreya, Tayvan va Singapur yuqori intellektual aholi hamda o‘qimishli yoshlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda, ular umumiy reytingni faqat Nobel mukofoti laureatlari soni kamligi tufayli boshqarishmadi. Xususan, ikkita mezon bo‘yicha Singapur birinchi o‘rinni egallaydi, ammo laureatlar soni bo‘yicha faqatgina 73-o‘rinda.
AQShda Nobel mukofoti laureatlari soni bir necha bor ko‘p ekaniga qaramay - 368 - Yaponiya eng aqlli davlatlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu mamlakat faqat 26 nafar Nobel mukofoti laureati bilan maqtana oladi, ammo aholining IQ darajasi va yoshlarning ta’lim darajasi u yerda juda yuqori.
Ikkinchi o‘rindan Shveysariya joy oldi. Uchinchi - dunyoda aholi IQ darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan Xitoy. AQSh reytingda to‘rtinchi pog‘onada. Niderlandiya eng yaxshi beshlikni yakunlab berdi. Shuningdek, birinchi o‘ntalikda Rossiya (6-o‘rin), Belgiya (7-o‘rin), Buyuk Britaniya (8-o‘rin), Kanada (9-o‘rin) va Janubiy Koreya (10-o‘rin) bor. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?