18:30 / 17.01.2019
4 518

Ronaldu rafiqasi bilan saratonga chalingan qirg‘izistonlik qizchani yo‘qladi (foto)

Ronaldu rafiqasi bilan saratonga chalingan qirg‘izistonlik qizchani yo‘qladi (foto)
Qirg‘izistonlik shifokor-onkolog Damira Bayzakova o‘zining «Facebook» akkauntida xabar berishicha, yurtdoshi Yuna ismli qizaloq suyak saratoni kasalligiga chalingan. U hozirda Italiyaning Turin shifoxonalaridan birida davolanmoqda.

«Bu qirg‘izistonlik Yuna ismli qizaloq. Afsuski u ham suyak saratoni kasalligi bilan og‘rigan. Yaxshiyamki, davolanishning eng qiyin bosqichlari ortda qoldi. Yuna bizda kimyoviy terapiya qabul qilib, jarrohlik amaliyotini o‘tash va uzoq muddatli davolanish uchun Turin shahriga (Italiya) jo‘nab ketdi. Allohga shukr, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Barcha xarajatlarni to‘lagan va qirg‘iz bolalariga yordam berayotgan Rodney Seddon, shifokorlar Raymond Piana, Sebastyan va Nikollo Rotte, bolajonlarimiz murabbiyi Oleksandr Vakulga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

«Yuventus» klubi a’zolari bolajonlarimizni yo‘qlash uchun borishdi. Yunani ko‘rish uchun bir nechta futbolchilar, jumladan, mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu va uning rafiqasi Jorjina Rodriges tashrif buyurdi.

Nurpazila xolidan xabar olish uchun Italiya politsiyasi sovg‘alar bilan borishdi. Uning ham ahvoli yaxshi. Tezroq tuzalib keting, azizlarim», — deb gapini yakunlaydi Damira Bayzakova.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Foto: Facebook

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ronaldu rafiqasi bilan saratonga chalingan qirg‘izistonlik qizchani yo‘qladi (foto)