18:07 / 20.01.2019
9 096

Dunyodagi eng katta oq nahang tasvirga olindi (video)

Dunyodagi eng katta oq nahang tasvirga olindi (video)
Gavayi orollari sohillarida dayverlar dunyodagi eng katta oq nahangga duch keldi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Ulkan yirtqichning uzunligi 20 futdan katta (olti metrdan ko‘p), vazni esa 2,5 tonna.

Deep Blue laqabli nahang olimlarga 1999 yildan buyon ma’lum. So‘nggi marta u 2013 yilda Meksika sohillarida ko‘ringan. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, u 40 yoshda, u dunyo okeanida eng ko‘p yashagan nahanglardan biri.

Dayver Oushen Remsining aytishicha, uning jamoasi yo‘lbars akulalarning oziqlanish jarayonini kuzatayotganda ulkan oq nahangga duch kelgan.

«U bizning qayiq yordamida qashinishni istagan ulkan, chiroyli, muloyim bahaybat jonzot edi. Biz okeanga kun botishida tushgandik va u kun oxirigacha biz bilan bo‘ldi», — deb sharhladi uchrashuvni Oushen.

Deep Blue o‘lgan kashalotni yegani suzib kelgandi, shu ondayoq dayverlar qayiqdan tushib bahaybat hayvon bilan suza boshladi. Videoda hayvon juda vahimali va bahaybat ko‘rinadi, ammo bu dastlabki soniyalardagi taasurot xolos.

Tadqiqotchilar nahangning qorni kattalashganini va ehtimol u homilador bo‘lishi mumkinligini qayd etdi. Urg‘ochi nahanglar homiladorligida odamlarga xavf tug‘dirmaydi.
[media=https://www.youtube.com/embed/xb-Ngb_Dikw?start=0]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng katta oq nahang tasvirga olindi (video)