Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va Venesuela prezidenti Nikolas Maduro o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqot chog‘ida Venesuelani moliyaviy yoki harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama qilinmadi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov ma’lumot bergan. Uning so‘zlari 25 yanvar, juma kuni TASS tomonidan keltirildi.
Ikki yetakchi o‘rtasidagi muloqot bir kun oldin bo‘lib o‘tdi. Putin Maduroga keskinlashgan ichki siyosiy vaziyatda qo‘llab-quvvatlashi haqida aytgan. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, muammoga yechimni tinch muloqot yo‘li bilan izlash lozim, har qanday tashqi aralashuv esa xalqaro huquq normalariga ziddir. Maduro hamkasbiga ushbu vaziyatdagi prinsipial pozitsiya uchun minnatdorchilik bildirdi.
Shu kuni Kreml Venesuelada oliy hokimiyatni egallashga bo‘lgan urinishni qoralab chiqdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ham shunga o‘xshash bayonot berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maduro va’da bergani, AQSh esa harbiy aralashuvni istisno etmagani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi