11:17 / 26.01.2019
3 624

Guaido Maduro bilan muzokaralardan bosh tortdi

Guaido Maduro bilan muzokaralardan bosh tortdi
Kolumbiya hukumati Venesuelaga qo‘shinlar kiritish niyatida emas, deya xabar berdi RIA «Novosti» mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda.

«Qo‘shinlar bazalarda qoladi, Venesueladagi vaziyat munosabati bilan qo‘shinlarni kiritish rejasi yo‘q va rejalashtirilmayapti», - deya qayd etib o‘tishgan mahkamadan.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «kemalar va samolyotlar olib o‘tilmagan», qurolli kuchlar va politsiyada saqlab qolinayotgan jangovar tayyorgarlik holati esa 17 yanvar kuni Bogotadagi kadetlar politsiya maktabida sodir bo‘lgan terakt bilan bog‘liq.

«Kolumbiya provokatsiyalarga bormaydi va hech kimga provokatsiya qilishga imkon bermaydi, degan mudofaa vaziri Botero. Venesuelaga nisbatan ham aynan shunday siyosat saqlanib qoladi», - deya qo‘shimcha qilishgan matbuot xizmatidan.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning xabar berishicha, sobiq diplomat Elliot Abrams Davlat departamentida Venesuela uchun mas’ul etib tayinlandi.

«Elliot bizning missiyamiz - Venesuela xalqiga o‘z mamlakatida demokratiya va farovonlikni to‘liq tiklashga yordam berishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi», - dedi Pompeo.

Davlat kotibi so‘zlariga ko‘ra, Abrams u bilan Nyu-Yorkka boradi, u yerda shanba kuni BMT Xavfsizlik kengashining Venesuela bo‘yicha yig‘ilishi o‘tkaziladi, so‘ng mintaqa mamlakatlariga tashrif buyuradi.

Shuningdek, Mayk Pompeoning jurnalistlarga xabar qilishicha, Vashington Xuan Guaidoni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, Qo‘shma Shtatlar uni Nikolas Maduro o‘rniga Venesuela prezidenti sifatida tan oldi.

«Bizning xorijiy vakillarimiz biroz keyinroq prezident Guaido tomonidan resurslar qabul qilib olinishini qanday tasavvur qilishimiz haqida e’lon qilishadi. Bu unga Venesuela hukumatini oldinga olib borish uchun kerak», - dedi Pompeo.

O‘z navbatida, Xuan Guaidoning ma’lum qilishicha, mamlakat amaldagi rahbari Nikolas Maduro bilan muloqot qilishni xohlamaydi.

«Men mojaro hal bo‘lishini istayman, ammo rejim bu tarzda javob berishga qaror qildi. Men rejim va butun dunyoga bir narsani tushuntirmoqchiman - hech kim soxta muloqotga bormaydi», - deya ma’lum qildi u.

Shuningdek, Guaido «uzurpatsiyani to‘xtatish», Venesuelada «o‘tish hukumati»ni tayinlash va «erkin saylovlar» o‘tkazilishi lozimligini ma’lum qildi.

AQShning Venesuela bilan iqtisodiy aloqalari Xuan Guaido davlatning vaqtinchalik rahbari sifatida e’tirof etilishi nuqtai nazaridan amalga oshiriladi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi xabar bergan.

«Bu hafta AQSh prezidenti Donald Tramp Xuan Guaidoni Venesuelaning muvaqqat prezidenti sifatida tan oldi. AQSh va Venesuela o‘rtasidagi diplomatik hamda iqtisodiy aloqalar AQSh tomonidan Xuan Guaido va milliy assambleya tan olinishi bilan muvofiq bo‘lishi kerak», - deyiladi bayonotda.

Chorshanba kuni muxolif parlament spikeri Guaido o‘zini vaqtinchalik davlat rahbari deb e’lon qildi. AQSh u tan olinishini bildirdi.
Amaldagi prezident Nikolas Maduro Guaidoni «AQShning qo‘g‘irchog‘i», deb atadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Guaido Maduro bilan muzokaralardan bosh tortdi