Qozog‘iston prezidenti moliya vazirining "joyi"ni ko‘rsatib qo‘ydi

Foto: «Tengrinews.kz»
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga hukumat yig‘ilishi qatnashchilarining stol atrofida o‘tirishi yoqmadi. Bu haqda «Tengrinews.kz»ga tayanib "Xabar" nashri yozmoqda.
«Moliya vazirining joyi, — dedi Nazarboyev Alixan Smailovni ko‘rsatib, — stolning oxirida emas. Uning joyi bosh vazir o‘rinbosarining yonida. Moliya vaziri bosh vazirning o‘rinbosari».
«Qarang, — dedi prezident bosh vazir Bakitjan Sagintayevga, — uni qayerga o‘tqazdingiz? Protokolni kim tayyorlagan? Turingda buyoqqa keling. Hammangiz Kojamjarov (Qozog‘iston bosh prokurori)dan boshlab bitta-bitta suriling. Mana uning joyi. Shunday munosabat uchun ham moliyamiz oqsayapti.

Alixan Smailov. Foto: «Tengrinews.kz»
Prezident, shuningdek, vazirlarni import kostyumlardan voz kechishga chaqirdi.
«Shu yerda o‘tirgan hamma o‘zimizda tikilgan kostyumlarni kiyishimiz kerak — nimasi yomon, o‘zimizniki ham teshib chiqmaydi», — Nazarboyevning so‘zlaridan iqtibos keltirgan «RIA Novosti».
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga hukumat yig‘ilishi qatnashchilarining stol atrofida o‘tirishi yoqmadi. Bu haqda «Tengrinews.kz»ga tayanib "Xabar" nashri yozmoqda.
«Moliya vazirining joyi, — dedi Nazarboyev Alixan Smailovni ko‘rsatib, — stolning oxirida emas. Uning joyi bosh vazir o‘rinbosarining yonida. Moliya vaziri bosh vazirning o‘rinbosari».
«Qarang, — dedi prezident bosh vazir Bakitjan Sagintayevga, — uni qayerga o‘tqazdingiz? Protokolni kim tayyorlagan? Turingda buyoqqa keling. Hammangiz Kojamjarov (Qozog‘iston bosh prokurori)dan boshlab bitta-bitta suriling. Mana uning joyi. Shunday munosabat uchun ham moliyamiz oqsayapti.

Alixan Smailov. Foto: «Tengrinews.kz»
Prezident, shuningdek, vazirlarni import kostyumlardan voz kechishga chaqirdi.
«Shu yerda o‘tirgan hamma o‘zimizda tikilgan kostyumlarni kiyishimiz kerak — nimasi yomon, o‘zimizniki ham teshib chiqmaydi», — Nazarboyevning so‘zlaridan iqtibos keltirgan «RIA Novosti».
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…